Xizmat ko‘rsatish
Billiard klubi uchun kirim-chiqim hisobi
Eski Excel faylning o‘rnini bosadigan web-ilova va Telegram Mini App: barcha kirim-chiqim bitta jadvalda, hisobotlar esa avtomatik.
- Mijoz
- Billiard klubi
- Holat
- Ishlab chiqilgan
- Yil
- 2026
Vazifa
Klub kundalik kirim va chiqimni Excel faylda yuritardi. Qo‘lda yozilgan yig‘indilar buzilib qolar, bo‘limlar va xodimlar bo‘yicha hisobni ko‘rish qiyin edi.
Yechim
Barcha yozuvlar bitta jadvalga tushadi; bo‘lim, kunlik, oylik va umumiy hisobotlar shu jadvaldan avtomatik hisoblanadi.
Doimiy to‘lovlar (ijara, kommunal, maoshlar) reja sifatida yuritiladi va faktga bog‘lanadi — xarajat ikki marta sanalmaydi.
Bar uchun tannarx va foyda oy boshidagi va oxiridagi qoldiq asosida hisoblanadi.
Eski Excel ma’lumotlari yangi tizimga import qilindi.
Natija
Egasi har kuni soat 23:00 da Telegram’da qisqa hisobot oladi, hisobotlarni Excel’ga yuklab olish mumkin. Interfeys o‘zbek (kirill) va rus tillarida.
Asosiy imkoniyatlar
Excel o‘rniga bitta to‘g‘ri jadval.
Tez kiritish
Tez summa tugmalari, bo‘lim, xodim va “Saqlash va yana” rejimi.
Xodimlar
Har bir xodim oyda qancha olgani: oylik, obed va premiya alohida.
Hisobotlar
Sof foyda, o‘tgan oy bilan solishtirish va Excel eksport.
Telegram bot
Mini App tugmasi, /bugun hisoboti va kunlik xulosa.
Texnologiyalar
- Next.js
- React
- TypeScript
- Prisma
- PostgreSQL
- grammY
- Telegram Mini App
- ExcelJS
Keyingi loyiha
Keyingi qadam
Katta g‘oya aniq
suhbatdan boshlanadi.
Vazifangizni, mavjud jarayonlarni yoki savolingizni yozing. Tegishli yo‘nalishdan boshlaymiz.
Yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozing:
info@innasoft.uz